Samedinova E.B. – Bosh buxgalter
Bo‘limning asosiy, vazifalari, yo‘nalishlari va funksiyalari
1. Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- markazda pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarning harakati bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qatʼiy olib borilishini taʼminlash;
- moliyaviy hisobotlarni taxlil qilish va umumlashtirish, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Markazning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini taʼminlash;
- markazning hisob raqamlariga pul mablag‘larining shu jumladan buyrtmachilardan kelib tushayotgan to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishini hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkillashtirish, hisobini ularning maqsadli va to‘liq sarflanishini tashkillashtirish, o‘rganish, tahlil qilish va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berib borish;
- ajratilgan mablag‘larni hamda tovar-moddiy boyliklarning maqsadli ishlatilishi va bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga hisobotlar berib borish;
- tovar-moddiy boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa mol-mulklarning hisob-kitobini yuritish, shu jumladan, ularni hisobdan chiqarish, qayta baxolash ishlarini amalga oshirish, yetkazib berilgan maxsulotlarda kamomad, yaroqsiz va sifatsiz holatlar aniqlanganda, ular yuzasidan dalolatnomalar tuzish va bartaraf qilish choralarini ko‘rish;
- markaz xodimlarining cheklangan sonini va ularga to‘lanadigan ish xaqining hisob-kitobini o‘rganish, tahlil kilish va natijasi yuzasidan raxbariyatga axborot berib turish;
- xizmat safari xarajatlarining hisobini yuritish, ajratish va sarflanishi bo‘yicha asoslantiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
- tasdiqlangan xarajatlari smetasi asosida moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda ko‘chirish choralarini ko‘rish va maqsadli ishlatilishining hisobini yuritish;
- markazning ish xaqi fondini to‘g‘ri xarajat qilinishini, barcha turdagi mukofotlarni, rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishini hamda to‘lab berilishini, belgilangan shtatlar, lavozim maoshlari, maʼmuriy-xo‘jalik va boshqa xarajatlar smetalariga rioya etilishini, shuningdek to‘lov va moliyaviy intizomga rioya etilishini taʼminlash;
- tovar-moddiy boyliklar, xom ashyo maxsulotlari, yonilg‘i maxsulotlari va boshqa qimmatliklarni kirim va chiqimi bilan bog‘lik hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, yekazib berilgan maxsulotlarda aniqlangan kamomad, yaroqsizlik yoki sifatsizlik holatlari yuzasidan maxsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan o‘z vaqtida daʼvolar kiritish;
- tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha kamomadlar, yuqotishlar, debitorlik qarzlarini bartaraf qilish, buxgalteriya balansidagi xisobdan chiqarish, shuningdek tovar-moddiy boyliklarning qayta baholashdan o‘tkazish va rasmiylashtirishni taʼminlash, ularning qonuniy hamda asosli bo‘lishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
2. Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- boʼlim boʼyicha har oyda barcha qilingan davlat muassasasining daromadlari va harajatlarini yigʼish, qayta ishlash, va yuqori tashkilotga taqdim etish;
- oylik ish haqi, kasallik varaqasi, mehnat taʼtili pullarini hisob-kitob qilib toʼlov roʼyxatlarini tayyorlash;
- davlat statistika hisobotlari, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklar toʼgʼrisida maʼlumot tayyorlash;
- buyurtmachilar bilan hisob-kitob (debitor-kreditor) qarzdorlik boʼyicha taqqoslash dalolatnomalar (akt-sverka) tuzish, xarajatlarni umumlashtirib hisob-kitob ishlarini va asosiy vositalar uchun amortizatsiya ajratmasini yurgizish;
- bankdan ish haqi va xizmat safarlari uchun naqd pul olish, ish haqi fondidan soliqlar toʼlash, pensiya fondi toʼlovlari xisobotlari va kasallik varaqasi boʼyicha toʼlov roʼyxatlari taqdim qilish, kassa kitob jurnali va xizmat safari harajatlarini koʼrib chiqish, bank operatsiyalari boʼyicha nazorat oʼrnatish toʼlov topshiriqnomalarini tayyorlash;
- davlat buyurtmasi va xalq xoʼjaligi shartnomalari boʼyicha hisob-kitob ishlarini yuritish, asosiy vositalar va moddiy qiymatliklar toʼgʼrisida hisob-kitob qilish, buxgalteriya provodkalarini yuritish, kassa kirim va chiqim buxgalteriya provodkalarini berish;
- daromad soligʼi, qoʼshilgan qiymat soligʼi, yagona ijtimoiy toʼlov va boshqa soliq hisobotlarini tayyorlash, soliq inspektsiyasiga topshirish hisoblangan soliq summalariga pul koʼchirish;
- barcha provodkalarni yigʼish, balans tayyorlash va soliq inspektsiyasiga taqdim etish;
- statistika hisobotlarni tayyorlash va topshirish;
- "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi ning asosiy vositalari, moddiy boyliklari va materiallarini inventarizatsiyadan oʼtkazish.
06.11.2024
Boʻlim va boʻlinmlar
- Axborot texnologiyalari bo‘limi
- Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi
- Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi
- Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi
- Farmako-toksikologik tadqiqot laboratoriyasi
- Farmakologik nazorat bo‘limi
- Farmakopeya qoʻmitasi
- Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi
- Farmokologiya qo'mitasi
- Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi
- Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasi
- Matba bo'limi
- Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi
- Maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻlimi
- Moliya va iqtisodiyot bo‘limi
- Narkotik moddalarni nazorat qilish qoʻmitasi
- Postmarketing nazorat boshqarmasi
- Referent narxlarni shakllantirish bo'limi
- Ro'yxatga olish bo'limi
- Sifat menejmenti bo'limi
- Sinov markazi
- Sоg'liqni saqlash vazirligining mеtrologiya xizmati
- Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi
- Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi
- Vaksinalar, sarum preparatlari va mikrobiologik tadqiqotlar laboratoriyasi
- Xalqaro Aloqalar Bo’limi
- Yangi tibbiy texnika qo'mitasi
- Yuridik bo‘lim